Putin ham BMT va uning Xavfsizlik Kengashi tuzilmasini o‘zgartirishni taklif qildi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), shuningdek, tashkilot Xavfsizlik Kengashi tuzilmasini “global xilma-xillik” olib kelish uchun o‘zgartirish kerak. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Valday” forumida shunday fikr bildirdi.

“BMT tuzilmasi, shu jumladan uning Xavfsizlik Kengashi ko‘proq darajada dunyo mintaqalarining xilma-xilligini aniq aks ettirishini hisobga olish kerak. Zero, dunyoning ertasi bugungiga qaraganda Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi bilan ko‘proq bog‘liq bo‘ladi”, deydi Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb sivilizatsiyasi “hatto bizning umumiy Yevroosiyo makonimizda ham” yagona emas, biroq o‘z dunyoqarashi va siyosatini tatbiq etishda davom etmoqda. U Yevroosiyo iqtisodiy makonini birgalikda rivojlantirish, yangi transport yo‘laklarini o‘zlashtirish, hamkorlikning yangi yo‘llari va shakllarini yaratishga chaqirdi.

“Davr o‘zgartirishi og‘riqli jarayon, ammo tabiiy va muqarrar. Kelajakdagi dunyo tartibi bizning ko‘z o‘ngimizda shakllanmoqda va bu dunyo tartibida biz hammani tinglashimiz, har bir nuqtai nazarni, har bir millatni, jamiyatni, madaniyatni, dunyoqarash tizimini hisobga olish kerak”, deya qo‘shimcha qildi Putin.

Qayd etish kerakki, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an BMT Xavfsizlik Kengashining besh a’zosini nazarda tutib, “dunyo beshdan buyuk” shiorini ilgari surmoqda. U Kengashni isloh qilish zarurligi va insoniyat taqdiri Ikkinchi jahon urushida g‘olib bo‘lgan “bir hovuch davlat”lar marhamatiga qarab qolmasligi kerakligini ta’kidlab keladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi besh doimiy va o‘nta doimiy bo‘lmagan a’zolardan iborat. Beshta asosiy davlat – Xavfsizlik Kengashining veto huquqiga ega a’zolari Ikkinchi Jahon urushi natijalariga ko‘ra tuzilgan. Uning tarkibiga AQSH, SSSR (keyinchalik voris sifatida Rossiya), Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy kirgan. Xavfsizlik Kengashining barcha masalalar bo‘yicha qarorlari, agar ular to‘qqizta ishtirokchi davlat tomonidan, shu jumladan besh doimiy a’zoning bir xil ovozlari bilan ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing