Po‘stinbop teri qaysi qo‘y zotidan olinishini bilasizmi?

Bu qiziq

image

Ayni qish yaqinlashyapti. Bir necha yillardan buyon taniqli shaxslar noyob hayvonlar terisidan tikilgan  poyabzal va po‘stinlarga nisbatan boykot e’lon qilib keladi. Aslida hamma po‘stinlao ham noyob hayvonlao terisidan tayyorlanmaydi. Masalan, Romanov qo‘ylari eng po‘stinbop va jilokor teri manbaidir. 

Romanov qo‘y zoti o‘tgan asrda dehqonlar tomonidan dag‘al yungli qo‘yni tanlash va urchitish yo‘li bilan yaratilgan. Romanov zoti eng qadimgi va eng keng tarqalgan qo‘y zotlaridan biridir. Romanov zotli qo‘ylar kalta dumli qo‘ylar guruhiga kiradi. Mazkur qo‘ylarning yung qoplami tivit va qiltikdan tashkil topgan.

Romanov zotli qo‘ylarning tasniflari quyidagilardan iboratdir:

balandligi 70 sm;

kuchli konstitutsiya;

kuchli suyaklar va mushaklar;

keng ko‘krak qafasi;

to‘g‘ri orqa;

bir ozgina osilgan dumg‘aza;

kuchli tekis oyoqlari.

Romanov qo‘y zotlarining mahsuldorligi.

Romanov zotli ona qo‘ylaridan 5 va undan ortiq qo‘zi olinadi. Romanov qo‘ylarining asosiy mahsuloti po‘stinbop teri va go‘shtdan iboratdir. Ko‘pgina mutaxassilarning fikriga ko‘ra eng yaxshi terilarni 5-6 oylik romanov qo‘zilaridan (qo‘zi yungi bilan) va 9-10 oylik go‘sht uchun so‘yilgan qo‘zidan olinadi.Yosh qo‘zilar 7-8 oyligida 35 kg, yetilgan qo‘y 80-90 kg, sovliqlari 45-50 kg atrofida bo‘ladi. Eng kattalari 90 kg. gacha bo‘ladi. Yuz kunlik qo‘zining og‘irligi 20-22 kg. keladi. Serpushtlilik va tez yetiluvchanlik ushbu zotning mamlakatimizda urchitish uchun yaxshi sababchilari bo‘lishi mumkin. Romanov zotli qo‘ylar mavsumga qaramay ikki yilda 3 avlod berishi mumkin. Ushbu zot qo‘ylar yuqori sutliligi bilan ham ajralib turadi. O‘rtacha bir bosh ona qo‘ydan 100 kun davomida 100-110 litr sut sog‘ib olinib, sutining yog‘lilik darajasi 7-8 % ga teng.Romanov qo‘y zotlarini yana bir e’tiborga loyiq jihatlaridan biri shundaki yil davomida ko‘payish qobilyatidir. Qo‘ylar yuqori mahsuldorlikka ega.

Romanov qo‘y zotlarini parvarishlash.

Romanov qo‘ylari uchun alohida parvarish talab yetilmaydi. Qalin teri va qalin jun tufayli ular eng qattiq sovuqlarda ham o‘zlarini qulay his qilishlari mumkin. Ular uchun zarur bo‘lgan muxim qulay to‘shama quruq, toza somon yoki pichan hisoblanadi. Romanov qo‘y zotlarini yilni hamma fasllarida doimiy ravishda ochiq havoda sayr qildirish ularda har xil kasalliklarni, stresslarni oldini olish uchun balki nasl berish va jun sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Boqishda, shu jumladan qishda, qo‘ylarga sho‘rlangan ozuqa, ayniqsa silos va ildizmeva ekinlarini berish tavsiya yetiladi. Ammo har qanday holatda ham ratsionning asosi pichan va senaj tashkil etish kerak. Beda va dukkakli don ekinlarini berish hamda maxsus ozuqaviy qo‘shimchalar qo‘shib berish ham yaxshi samara beradi. Mahsulotlarning asosiy turi qo‘y terisi va jun ekanligini hisobga olib, Romanov zotli qo‘ylarining ratsioniga unli ozuqalarni kiritish tavsiya etilmaydi, bunda hayvonlar o‘z junlarini osongina bo‘yashlariga olib kelishi mumkin. Ushbu qo‘ylarni iliq mavsumlarda juda yomon yaylovlarda ham boqish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

qo'y zoti

Baholaganlar

98

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar