Pul uchun emas – Tayson nimaga ringga qaytayotganini aytdi

Sport

image

Afsonaviy bokschi, 53 yoshli Mayk Tayson pulga qiziqmasligini va ringga qaytishini xayriya ishlariga bag‘ishlashini aytdi. Bu haqda bokschi “Dailystar“ nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Taysonning ta’kidlashicha, hozirda raqib topish jarayoni ketmoqda. Uning aytishicha, jangdan tushgan barcha pulni muhtojlarga va giyohvand moddalariga ruju qo‘yganlarni bu darddan xalos qilishga yo‘naltirmoqchi.

“Shartnomalar bir hafta ichida imzolanadi. Qancha pul ishlasak ham, u boshqa odamlarga beriladi. Men pul topmoqchi emasman. Ha, ehtimol kompaniya, mening xotinim, sheriklarim ehtimol pul topadi. Ammo men o‘z ulushimni xayriya ishlariga beraman. Shubhasiz mendan kam omadlilarga, uysizlar va giyohvandlarga qaram bo‘lganlarga yordam berishga tayyorman”, deydi afsonaviy bokschi.

Tayson o‘zini ajoyib sport formasida his qilayotganini ta’kidlab, o‘zining tezligi va kuchini ijtimoiy tarmoqlarda turli roliklarda namoyish etdi.

“Men hayotimda har qachongidan ham yaxshiroq his qilyapman. Xudo menga rahm qildi. Mening vaznim hozir 90 kg!“ deydi Tayson.


Maqola muallifi

Teglar

Mayk Tayson

Baholaganlar

814

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar