Pugachyova Putin rejimini qoralab, o‘zini ham xorijiy agentlar safiga qo‘shishlarini so‘radi
Madaniyat-san’at
−
21 Sentabr 2022
1230716 sentyabr kuni teleboshlovchi va so‘z ustasi Maksim Galkin Rossiyada xorijiy agent deb topilishi ortidan uning turmush o‘rtog‘i, mamlakat estradasi primadonnasi Alla Pugachyova Rossiya Adliya vazirligiga murojaat yo‘lladi.
73 yoshli Alla Borisovna murojaatini Instagram sahifasiga matn shaklidagi joylashtirgan. U eri bilan hamfikrligi, rossiyalik yigitlar esa xayoliy maqsadlar yo‘lida qurbon bo‘layotganini ta’kidlagan.
“Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligiga murojaatim. Meni sevimli mamlakatimdagi xorijiy agentlar qatoriga kiritishingizni so‘rayman. Sababi men halol, vijdonli va samimiy inson bo‘lgan erim bilan hamfikrman. Erim Rossiyaning haqiqiy vatanparvari, u osoyishta hayot, so‘z erkinligi va vatan farovonligi tarafdori. U mamlakatimizni chegaralab qo‘ygan, fuqarolarimiz hayotini og‘irlashtirayotgan va yigitlarimizning xayoliy maqsadlar yo‘lida nobud bo‘layotganiga chek qo‘yilishini istaydi”, deydi u
Ushbu murojaatdan so‘ng Alla Pugachyovani Instagram'dagi postiga yarim milliondan ziyod “yoqdi” belgisi bosilgan va 100 mingdan ziyod izoh yozib qoldirilgan.
Eslatib o‘tamiz, teleboshlovchi va so‘z ustasi Maksim Galkin, 16 sentyabr kuni Rossiya Adliya vazirligi tomonidan Ukraina moliyalashtiruvchi xorijiy agent deb topilgan va 17 sentyabr kuni videomurojaat orqali o‘zini oqlashga harakat qilib ko‘rgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Maksim Galkin va Alla Pugachyova 2005 yilda turmush qurishgan. Galkin o‘z rafiqasidan 27 yoshga kichik bo‘lib, juftlikning Liza va Garri ismli egizak farzandlari bor.
LiveBarchasi