PUBG Mobile va INFINIX Toshkentda ikkinchi “Talabalar kampus turniri”ni o‘tkazdi

Biznes

image

O‘zbekistonda Infinix Global texnologiya kompaniyasi ko‘magida tashkil etilgan PUBG Mobile bo‘yicha ikkinchi talabalar turniri yakunlandi.

Infinix hamda PUBG Mobile hamkorligida o‘tkazilayotgan “Talabalar kampus turniri” kibersport turnirining ikkinchi musobaqasida O‘zbekistondagi 16 ta universitetdan talabalar ishtirok etdi.

2023 yilning 15 sentyabridan 29 oktyabrga qadar davom etgan turnir davomida talabalar kibersport bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etib, eng yaxshi o‘yinchi va eng yaxshi jamoa nomi uchun kurash olib bordi.

Turnirning final bosqichida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining AVALANCHE TEAM jamoasi g‘olib deb topildi. Jamoa a’zolari Artyom Shikov, Humoyun Jahongirov, Abdulloh Muhammadov va Sanjar Muxtorov 1-o‘rin uchun 1000 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti va to‘rtta Infinix Note 30 Pro smartfonlarini qo‘lga kiritdi.

2-o‘rin va Infinix smartfonlari Toshkent moliya institutining TMI ESPORTS jamoasiga nasib etdi.

3-o‘rin va Infinix smartfonlari esa Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining "Elektronika" jamoasiga nasib etdi.

Final musobaqasi “Yunusobod” sport majmuasida o‘tkazildi. Tadbir o‘tkazilayotgan majmua PUBG Mobile va Infinix brendlarining logotiplari bilan qoplandi. 

Tadbir davomida Infinix mehmonlar va muxlislarga o‘z maydonchasida brend smartfonlarida PUBG Mobile o‘ynash imkoniyatini berdi. Ular mustaqil ravishda o‘yinda o‘zlarini sinab ko‘rdi.

Buning uchun mehmonlar va muxlislarga Note 30 seriyali murakkab vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan smartfonlar taqdim etildi. Note 30 ning asosiy afzalliklaridan biri 45W universal tez zaryadlanishi hisoblanadi. Bundan tashqari, Note 30 versiyasidagi barcha smartfonlar PD 3.0 tez quvvatlash xalqaro standartlariga moslashtirilgan.

Note 30 ByPass tizimi bilan jihozlangan – yoqilganda, batareyani chetlab o‘tib, elektrga ulangan smartfon avtomatik ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr energiyasi bilan ta’minlanadi, bu esa o‘yin davomida qurilmani haddan tashqari qizib ketishining oldini oladi.  

Infinix Note 30 120 Gts displeyiga ega va o‘z seriyasidagi boshqa modellar singari JBL audio va Hi-Res sertifikatiga ega stereodinamiklar bilan jihozlangan. Qurilmaning operativ xotirasi 8/16 GB va 256 GB. IN ichki xotiraga ega.

PUBGM turniri g‘oliblariga Infinix HOT 30 seriyasidagi smartfonlarning taqdim qilinishi – qurilmalarni boshqa o‘yin smartfonlari bilan ishonchliligi va samaradorligini taqqoslashda yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Infinix HOT 30 qulay mobil o‘yin tajribasi uchun yuqori tasvir sifati, past issiqlik tarqalishi va yuqori tarmoq tezligini ta’minlaydi. Infinix HOT 30 bitta batareya zaryadida 2 kungacha xizmat qilishi mumkin. Smartfonning eski versiyasida 8 Gb tezkor xotira mavjud bo‘lib, dasturiy ta’minotni 16 Gb gacha kengaytirish, bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli ilovalarni keshda saqlash imkonini beradi va ular o‘rtasida almashish tezligini oshiradi.

HOT 30 optimallashtirilgan Dar-Link 3.0 o‘yin mexanizmidan foydalanadi. Sun’iy intellekt algoritmlari orqali potensial yuklanish ssenariylari avvaldan aniqlanadi va mos ravishda qurilma resurslari ajratiladi. Bu nafaqat talabchan ilovalarda ish sifatini yaxshilaydi, balki tizim qizib ketishining oldini oladi. Smartfon Wi-Fi va mobil internetni kutilmagan uzilishlardan himoya qilish maqsadida parallel ishlash imkonini beruvchi Link-Booming tarmog‘ini optimallashtirish texnologiyasini o‘zlashtirgan.

Geymerlar har qanday holatdan zavqlanishlari va quvvatning tugab qolishi haqida o‘ylamasliklari uchun Infinix HOT 30’da 33 W tez zaryadlanish funksiyasi mavjud. Bu esa sizga telefoningiz 30 daqiqada 55 foizgacha zaryadlash imkonini beradi.

Mazkur kibersport musobaqasi haqida batafsil ma’lumotni havola orqali ko‘rishingiz mumkin:

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing