PSJning navbatdagi “o‘ljasi” “Real” futbolchisi bo‘lishi mumkin

Sport

image

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos kelasi mavsumda faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Tajribali futbolchining “qaymoqranglilar” bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi va ispan grandi bitimni uzaytirish bo‘yicha shoshilmayapti. Shu sababdan ham yarimhimoyachi kelasi yilning o‘zida  boshqa jamoaga o‘tishi mumkin. 

Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Fransiyaning PSJ klubi Kroosga qiziqish bildirmoqda. Parijlikliklar markaziy yarim himoyani kuchaytirish maqsadida nemis futbolchisi bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko‘radi.

Shuningdek, avvalroq Angliya Premer ligasining ikki jamoasi “Nyukasl” va “Manchester Siti” ham Toniga qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi. Agar PSJ germaniyalik tajribali futbolchini sotib olishni istasa, Britaniyaning ikki klubi bilan raqobatlashishga to‘g‘ri keladi.

Kroos 2014 yildan beri “Real” sharafini himoya qilib keladi. Madrid klubi safida 327 uchrashuvda maydonga tushib, 22 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Yarim himoyachi La Liganing joriy mavsumda 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Transfermarkt portali Kroosning narxini 30 million yevroga baholamoqda.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing