PSGga Ronalduni sotib olish taklif qilindi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi va “Manchester United” hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh PSG klubiga mijozini sotib olishni taklif qildi. Bu haqda “Le Parisien” nashri ommaga ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, PSG Krishtianu Ronalduni jamoaga olib kelishdan manfaatdor emas. Shuningdek, Parij klubi rahbariyati hozirda 37 yoshli hujumchining transferi klub rejalariga kiritilmaganini ham aytib o‘tgan.

Qayd etish joizki, o‘tgan mavsumda “Manchester United” Angliya Premer ligasida oltinchi o‘rinni egalladi. Natijada klub Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qoldi. Kelasi mavsumda “qizil iblislar” ikkinchi darajali musobaqa bo‘lmish Yevropa Ligasida ishtirok etadi. Ronaldu esa faoliyati davomida bir marta ham ushbu turnirda qatnashmagan va u futboldan ketguniga qadar YeCHLda o‘ynashni maqsad qilgan. Shu sababli ommaviy axborot vositalari portugaliyalik futbolchi Manchester klubini tark etishi haqida yozmoqda.

Ma’lumot uchun, Ronaldu o‘tgan mavsumda “qizil iblislar” safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urishga erishgan. "Transfermarkt" portali portugaliyalik iqtidor egasini 35 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

25

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing