“PSJ” “Real” kelishib olgan ispan futbolchisiga ko‘z olaytirmoqda

Sport

image

"Napoli"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Fabian Ruis “PSJ” safiga o‘tishga yaqin turibdi. Fransiya klubi 26 yoshli futbolchi bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.

Lekin, "PSJ" va "Napoli" transferi bo‘yicha kelishuvga erishish uchun ba’zi tafsilotlarni hal qilishi kerak.

Shuningdek, Madridning “Real” klubi Ruis bilan 2023 yil yozida shartnoma tuzish haqida kelishib olgandi. Biroq, “PSJ”ning sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Luish Kampush ispaniyalik futbolchini mazkur transfer oynasida o‘z jamoasiga qo‘shib olmoqchi.

Bundan tashqari, "Napoli" “PSJ” darvozaboni Keylor Navasni transfer qilmoqchi. Bu transfer Ruis xaridining bir qismiga aylanishi mumkin.

Romanoning xabariga ko‘ra, parijliklar ispan uchun 25 million yevro to‘laydi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Ispaniya terma jamoasi a’zosi Fabian Ruis “Napoli” tarkibida 7 ta gol va 5 ta samarali uzatma amalga oshirgan.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing