PSJ “Real”ga qarshi: YeCHLga qur’a tashlandi
Sport
−
13 dekabr 2021
3281Bugun, 13 dekabr kuni Nyon shahrida (Shveysariya) Chempionlar ligasining 2021/2022 yilgi mavsumi 1/8 finaliga qayta qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Birinchi qur’a natijalari texnik xatolar tufayli bekor qilingan edi.
UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final juftliklari:
“RB Zalsburg” (Avstriya) — “Bavariya” (Germaniya), “Sporting” (Portugaliya) — “Manchester Siti” (Angliya), “Benfika” (Portugaliya) — “Ayaks” (Niderlandi), “Chelsi” (Angliya) — “Lill” (Fransiya), “Atletiko” (Ispaniya) — “Manchester Yunayted” (Angliya), “Vilyarreal” (Ispaniya) – “Yuventus” (Italiya), “Inter” (Italiya) — “Liverpul” (Angliya), “Pari Sen-Jermen” (Fransiya) — “Real” (Ispaniya).
Gap shundaki, turnirning guruh bosqichida Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi Ispaniyaning “Vilyarreal”iga qarshi bahs olib borgan edi. Qur’ada ishtirok etgan rossiyalik sobiq futbolchi Andrey Arshavin savatchadagi sharni ochganida MYUning raqibi sifatida yana “Vilyarreal” “chiqdi”. Qoidaga ko‘ra bir guruhdan keyingi bosqichga chiqqan jamoalar 1/8 finalda bir-biriga qarshi o‘ynay olmaydi. Shu sabab boshqa sharcha tanlandi.
Shundan so‘ng, “Vilyarreal”ning raqibi sifatida “Manchester Siti” to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, Ronaldu boshchiligidagi “Manchester Yunayted” Messi to‘p tepayotgan PSJga ro‘baro‘ keldi. Asosiy muammo shundaki, MYUning ehtimoliy raqiblari qatorida yo‘q edi. Bunga ispaniyaliklar norozilik bildirishdi va UEFA buni ma’qulladi.
Ma’lumot uchun, takroriy marosim bugun, Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi