PSJ prezidenti Mbappening kelajagi haqida gapirdi
Sport
−
07 iyun 2021
5598Fransiyaning PSJ klubi yosh hujumchisi Kilian Mbappeni sotish niyatida emas. Bu haqda klub xo‘jayini Nosir al-Xelayfi jurnalistlar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
“Men ishonch bilan shuni aytishim mumkinki, Kilian bu mavsum ham jamoada qoladi. Biz uni hech qachon sotmaymiz, bu haqida o‘ylamaymiz ham. Ketadigan bo‘lsa ham aslo tekinga ketmaydi, klub uning ortidan foyda olishi kerak, axir u yulduz futbolchi.
Bu yer Parij, bu uning vatani. Uning vazifasi shunchaki futbolchi bo‘lish emas, balki vatani futbolini hamda poytaxtini targ‘ib qilishdir”, degan Xelayfi.
Klub prezidenti Mbappening shaxsiy istaklari ikkinchi darajali ekanini ta’kidlab, uni futbolchi va inson sifatida fantastik yigit deb ta’riflagan.
“Kelgusi yillarda uning “Oltin to‘p”ni yutishiga 100 foiz aminman. U doim g‘alaba qozonadigan hamda yutuqlar yutishga odatlangan klubga o‘tgisi kelishi tabiiy, albatta. PSJ ham xuddi shunday jamoa, biz unga kerakli barcha narsani muhayyo qilib bera olamiz. Muhimi mas’uliyat bilan to‘p surishdir”, deydi prezident.
Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe 2018 yili “Monako”dan PSJ safiga 145 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning ayni damdagi transfer summasi 160 million yevro deb aytilmoqda.
Abdulla Mannonov
LiveBarchasi