PSJ Neymarga o‘rinbosar topdi

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi hujumchi Neymar Junior bilan hayrlashadigan bo‘lsa, “Barselona” jamoasi futbolchisi Usmon Dembele bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda “TNT Sports Brazil”  jurnalisti Marselo Bexler xabar berdi.

Qayd etilishicha, Fransiya klubi 30 yoshli hujumchi Neymar bilan xayrlashishga tayyor. PSJ Neymarni sotib olishni istovchilar va ijaraga olishni xohlovchilarning taklifini ko‘rib chiqishga rozi. Braziliyalik futbolchining Parij jamoasidagi maoshi yuqori hisoblanadi. Ya’ni, u yiliga taxminan 35 million yevro oladi. Ayni paytda jahon futbolida shunga o‘xshash katta mablag‘ni to‘lashga tayyor bo‘ladigan klublar deyarli yo‘q.

Neymar bor e’tiborini 2022 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishga qaratgan. PSJga allaqachon moslashib qolganini hisobga olsak, braziliyalik futbolchi klubini o‘zgartirmoqchi emas. Uning qolish istagida klubdagi maoshi ham muhim rol o‘ynaydi.

Ilgari “Barselona” Neymarni qaytarish uchun bir necha bor urinib ko‘rdi, ammo endi kataloniyaliklar klub duch kelgan moliyaviy muammolar tufayli braziliyalikni taklif qilish fikridan qaytgan. Neymarni faqat ingliz klublari sotib olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda 30 yoshli hujumchi PSJ safida Fransiya chempionatida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan. "Transfermarkt” portali braziliyalik iqtidor egasini 75 million yevroga  baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

16

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing