PSG “Liverpool” yulduzini sotib olishga asosiy da’vogar

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” klubi hujumchisi Sadio Mane yozda Fransiya chempionatiga o‘tishi mumkin. Fransiya chempioni mersisaydliklarning hujumkor futbolchisi uchun kurashda favorit sanalmoqda. Bu haqda “Championat” nashri xabar berdi.

Manening kelajagi noaniqligicha qolsa-da, senegallik futbolchining o‘zi klubda qolish istagini bildirib, unga “Liverpul”dagi hamma narsa yoqishini va baxtli ekanini ta’kidlagan. Biroq 30 yoshli hujumchi yakuniy qarorini Chempionlar ligasi finalida “Real”ga qarshi o‘yindan so‘ng qabul qiladi.

Manega PSJdan tashqari Yevropaning ikki grand jamoasi “Bavariya” va “Barselona” ham qiziqish bildirmoqda. Senegallik futbolchining amaldagi klubi bilan yana bir yillik shartnomasi bor.

Ma’lumot o‘rnida, Sadioning “Liverpul” bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. 2021/2022 yilgi mavsumda Mane “Liverpul” safida barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi. “Transfermarkt” portali senegallik iqtidor egasini 80 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

57

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing