PSJ “Bavariya”ga qarshi qaydnomasini e’lon qildi. Messi va Mbappe ro‘yxatda bormi?
Sport
−
14 fevral 2023 6834 1 daqiqa
PSJ Bavariyaga qarshi Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi o‘yinida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ro‘yxatdan jamoaning uch yulduzi – Kilian Mbappe, Lionel Messi va Neymar o‘rin olgan. Bundan avval Mbappe va Messining maydonga tushishi shubha ostiga olingan edi.
Shuningdek, ro‘yxatga jarohatidan forig‘ bo‘lgan italiyalik Marko Verratti ham kiritildi.
Kilian Mbappe yaqindagina “Monpele”ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi va PSJ hujumchining tiklanishi uchun taxminan uch hafta kerak bo‘lishini xabar qilgandi. Mbappe kutilganidan tezroq tuzaldi.
Lionel Messi esa Liga 1 doirasidagi “Monako”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgandi.
“Bavariya”-PSJ o‘yini joriy yilning 15 fevral kuni Parijdagi “Park de Prens” stadionida bo‘lib o‘tadi, uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr