PSG 11 nafar futbolchisini sotib yubormoqchi

Sport

image

Fransiyaning PSG jamoasi joriy transfer mavsumida 11 nafar futbolchisini sotishga tayyor. Bu haqda “Get French Football News Parisienting” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, parijliklarning transfer siyosati bilan shug‘ullanuvchi Anter Enrike va Luis Kampush klub bilan xayrlashmoqchi bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqqan.

Qayd etish joizki, PSJni tark etishi mumkin bo‘lganlar qatoriga himoyachilar Leven Kurzava, Abdu Diallo, Tilo Kerer, yarim himoyachilar Leandro Paredes, Danilu Pereyra, Idrissa Guye, Ander Errera, Jorjino Veynaldum, Erik Ebimbe va Yulian Draksler, shuningdek, hujumchi Mauro Ikardi kirdi.

Ro‘yxatga hujumchi Neymar va himoyachi Presnel Kimpembe kiritilmagan. Bu klub ularni saqlab qolishga qaror qildi degani emas. Futbolchilarning kelajagi bir qancha omillarga bog‘liq. Har holda Parij klubi rahbariyati ushbu ikki futbolchini arzonga baholamaydi.

Eslatib o‘tamiz, PSG rahbariyati Maurisio Pochettinoni iste’foga chiqarib, uning o‘rniga Kristof Galteni bosh murabbiy etib tayinlagan edi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

616

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing