PSJ hujumchilardan biri bilan xayrlashish niyatida

Sport

image

Fransiyaning PSJ futbol klubi argentinalik hujumchisi Mauro Ikardini sotish haqida o‘ylamoqda. Agar, argentinalik iqtidor egasini sotib olishni xohlovchilar Parij jamoasiga munosib taklif yubordigan bo‘lsa, ular buni bajonidil o‘rganib chiqishadi. Bu haqda “L’Equipye” nashri xabar berdi. 

Ikardi PSJga 2019 yili 60 million yevro evaziga Milanning “Inter” klubi safidan kelib qo‘shilgandi. Shu sababli Parij klubi rahbarlari 29 yoshli futbolchisini “suv tekin”ga qo‘yib yubormoqchi emas. Mauroning transferidan 58 milion yevro ishlab olishmoqchi. Hozircha esa hujumchiga aniq xaridorlar borligi noma’lum

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Ikardi PSJ safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi. Uning Parij jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda yakuniga yetadi. “Transfermarkt” portali argentinalik futbolchini 28 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

145

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing