Psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullangan 7 shaxsga hukm o‘qildi

3-sahifa

image

Psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullangan 7 nafar shaxsga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Toshkent shahrining Sergeli tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.P. 56 dona “Regapen” va 10 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Shuningdek, R.P.ning Cobalt mashinasi tekshirilganda, 2858 dona “Regapen” va 691 dona “Tropikamid” dori vositalari borligi aniqlangan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksning 251-1-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Bundan tashqari, Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida fuqaro I.I.ning xonadonidan 77 dona “Tropikamid”, 13 dona “Regapen” va 6 dona “Selofen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari topilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan I.I. Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan aybdor deb topilgan. U 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Toshkent viloyatida andijonlik fuqaro B.A.ning Cobalt mashinasi tekshirilganda, unda 5572 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan. 

Sirdaryo viloyatida yashovchi M.Yu. mazkur dori vositalarini Toshkent shahrida qabul qilib olgan vaqtda qo‘lga olingan. U dori vositalarini bir qismini Chilonzor tumanida yashovchi B.B.ga sotishi kerakligi aniqlanib, u ham ushlangan.

Shu bilan birga, jinoiy guruh yetakchilari – Toshkent shahrida yashovchi N.A., Qo‘qon shahrida yashovchi R.M. ham ushlangan. R.M.ning xonadonidan 3542 dona “Regapen” dori vositasi topilgan.

Qayd etilishicha, ushbu kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari respublikaga Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

Fuqaro R.M. va M.Yu. 5 yil muddatga, N.A. esa 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, B.A. va B.B.ga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jinoyat kodeksining 72-moddasi qo‘llanilgan holda tayinlagan jazo shartli deb hisoblanib, ularga 2 yil sinov muddati belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing