Psixolog haftaning eng og‘ir kuni dushanba emasligini isbotlab berdi
Olam
−
23 Oktabr 2020
6638Sir emaski, ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, hafta kunlari orasida eng og‘iri – dushanba. Chunki dam olish kunlaridan so‘ng boshlanadigan birinchi ish kuni og‘ir hisoblanadi. Ammo Moskva davlat universitetining mehnat psixologiyasi fakulteti ilmiy xodimi Irina Blinnikovaning fikriga ko‘ra, hafta kunlari ichida eng og‘ir kun dushanba emas, aksincha, jumadir.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ish haftasining oxirida charchoq va tugallanmagan ish to‘planib, bu hissiy va operatsion stressni keltirib chiqaradi.
“Barcha ishlarni to‘plab ortga surish, salomatlikka zarar yetkazuvchi turli omillarga olib keladi. Shunga qaramay, juma kuni odam ishning tugashini va dam olish kuni boshlanishini kutadi, bu esa unga yaxshi ishlashga imkon beradi”, dedi Irina Blinnikova.
Mutaxassis, shuningdek, dushanba nega og‘ir kun hisoblanishi haqida ham o‘z fikrini bildirdi.
“Dushanba kuni odam hordiq holatidan ish rejimiga o‘tishi kerak bo‘ladi, bu esa ko‘pincha turli xatolarni keltirib chiqaradi”, dedi u.
LiveBarchasi