Prokuror Ulug‘nor tumaniga hokim bo‘ldi
Jamiyat
−
20 aprel 2021
6844Bugun, 20 aprel kuni Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Unda Andijon viloyati Ulug‘nor tumani hokimi lavozimiga Muhammadislomiddin Muhammadsobirovich Ahmadjonov tayinlandi.
Muhammadislomiddin Muhammadsobirovich Ahmadjonov 1979 yilda Shahrixon tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Toshkent davlat yuridik institutini hamda 2012 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslarini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2001 yili Toshkent shahar hokimligi Adliya boshqarmasi katta nazoratchisi vazifasidan boshlagan.
2006-2009 yillarda Andijon viloyati Izboskan tumani prokuraturasi tergovchisi lavozimida ishlagan.
2019-2020 yillarda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani prokurori lavozimida ishlagan.
Muhammadislomiddin Ahmadjonov Tayinlovga qadar Andijon viloyati Ulug‘nor tumani prokurori bo‘lgan.
LiveBarchasi