Prokurorlarning ayrim huquqlari bekor qilindi
Jamiyat
−
13 yanvar 2021 13664 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi.
Ma’lum qilinishicha, Qonun bilan Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ishlarni nazorat tartibida ko‘rish instansiyasi tugatilgan.
Investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlarning iqtisodiy sudlarga taalluqqli ekanligi belgilangan.
Ishlar investitsiyaviy nizo bo‘yicha yirik investorning, raqobatga oid ish bo‘yicha taraflarning xohishiga ko‘ra Oliy sud tomonidan ko‘riladi.
Prokurorlarning barcha sud majlisida ishtirok etish huquqi bekor qilingan. Endilikda prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning da’vo arizasi bilan qo‘zg‘atilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin.
Shuningdek, Biznes ombudsmanga hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berish huquqi berilgan.
Bundan tashqari, Oliy sud sudyasi kassatsiya shikoyati bo‘yicha iqtisodiy suddan ishni talab qilib olishga haqli ekanligi belgilangan. Nazorat instansiyasi bekor bo‘lgan bo‘lsada, kassatsiya tartibida ko‘rilgan ish takroran ko‘rilishi mumkin.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025