Prokuraturaga ishga joylash uchun 30 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ichki xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari bilan hamkorlikda fuqaro I.E. ning arizasi asosida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xabar bermoqda

Muallif arizasida “Nosir” ismli shaxs mansabdor yaqinlari orqali tanishi A.E. ni prokuratura organlariga ishga joylashtirish evaziga jami 30 ming AQSH dollari talab qilib, ushbu pul hisobidan 5 ming AQSH dollarini oldindan berishni so‘raganini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. 

Mazkur murojaat yuzasidan bugun, 4 aprel kuni o‘tkazilgan tadbirda 2 nafar fuqaro Chilonzor tumanida joylashgan “Denov” choyxonasida ariza muallifi I.E. dan 5 ming dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumondor shaxslar protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

264

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing