Prokuratura Ronaldu “Yuventus” bilan maxfiy shartnoma imzolaganini aniqladi
Sport
−
25 mart 2023
12702“Yuventus”ning sobiq rahbariyati bir vaqtlar portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan maxfiy maosh to‘lash shartnomasini imzolagan. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” xabar berdi.
Gap “Yuventus”ning koronavirus infeksiyasi tarqalishi vaqtida ayrim futbolchilar bilan tuzgan kelishuvi haqida ketmoqda. O‘sha vaqtda ko‘pgina futbolchilar birozdan keyin norasmiy tarzda pul olish uchun maoshni qisqartirishga rozi bo‘lgan.
“Keksa senora”ning moliyaviy firibgarligi bo‘yicha olib borilayotgan prokuratura tekshiruvi doirasida klub rahbariyatining Ronaldu bilan kelishuv bo‘yicha muzokaralari o‘rganib chiqildi.
2021 yilning 20 aprelida “Yuventus”ning yuridik bo‘limi boshlig‘i Chezare Gabasio messenjerida shunday yozgan edi: “Birinchi bo‘lib shartnoma imzolashga tayyor – bu Krishtianu”.
Uch kundan so‘ng, 23 aprel kuni klub kotibi Paolo Morganti o‘sha guruh suhbatida shunday yozdi: “Krishtianu shartnoma imzoladi. Unda barcha hujjatlarning nusxalari bor”. “Yaxshi!” deb javob qaytargan Morganiga “Yuventus”ning o‘sha paytdagi sport direktori Federiko Cherubini.
Prokuraturaning ma’lum qilishicha, ushbu suhbat Ronaldu bilan 19,9 million yevrolik maxfiy kelishuv haqida bo‘lgan.
LiveBarchasi