Professor Nazira Salohova uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi

Jamiyat

image

Tibbiyot fanlari doktori, professor Nazira Sagdullayevna Salohova 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, endokrinolog, professor Nazira Salohova Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ning O‘zbekistondan endokrinologiya bo‘yicha birinchi koordinatori, Xalqaro diabetologlar federatsiyasining (IDF) doimiy a’zosi, Markaziy Osiyo Diabetologlar assotsiatsiyasining Birinchi prezidenti bo‘lgan.

Nazira Salohova 1943 yilda Samarqand shahrida davlat xizmatchilari oilasida tug‘ilgan. I.M.Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universitetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. Kasbiy faoliyatini Toshkent shahridagi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Bioorganik kimyo institutida katta ilmiy xodim sifatida boshlagan.

Keyinchalik Toshkent tibbiyot institutining endokrinologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. Tibbiyot fanlari doktori, professor Nazira Salaxova tibbiyot fanlari nomzodi va doktori bo‘lgan ko‘plab ilmiy kadrlarni tayyorladi.

Uning o‘limiga uzoq davom etgan kasallik sabab bo‘lgan.

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning yaqinlari va do‘stlariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Nazira Salohova

Baholaganlar

202

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar