Professional boksga to‘liq o‘tish masalasini hali o‘ylab ko‘ramiz – Holdorov

Sport

image

O‘zbekistonlik bokschi Iqboljon Holdorov Toshkent shahri mezbonlik qiladigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda bokschi QALAMPIR.UZ saytiga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

“Jahon chempionatiga tayyorgarlik a’lo darajada ketmoqda. Sparring bahslarini yakunlab oldik. Endi mashg‘ulotlarning qolgan qismini ham yuqori kayfiyatda o‘tkazib, yurtimiz mezbonlik qiladigan chempionatda yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz”, deydi Holdorov.

Shuningdek, Iqboljon qachon professional boksga to‘liq o‘tishi bo‘yicha savolga javob berdi.

“Aniq bir narsa deya olmayman. Profboksda ham havaskor boksda ham janglar o‘tkazyapman. Hozir havaskor boksda Jahon chempionati va Olimpiada bahslarida ishtirok etmoqchiman. Profboksga to‘liq o‘tish masalasini hali o‘ylab ko‘ramiz”, deydi bokschi.

Ma’lumot uchun, Iqboljon Holdorov havaskor boks bo‘yicha Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan. U 2017 yilda Germaniyaning Gamburg shahri mezbonlik qilgan Jahon chempionatida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo chempionati Holdorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing