“Prigojin tirik”. “Vagner” rahbari juda ko‘p qidirilyapti
Olam
−
05 Sentabr 2023
44088Tver yaqinidagi samolyot halokatidan so‘ng, ruslar Yevgeniy Prigojinning taqdiri haqida savollar bilan “Yandeks”ni ko‘mib tashlashdi. Yandex Wordstat statistikasiga ko‘ra, uning o‘limi ushbu yozdagi eng muhim yangiliklardan biriga aylangan. Bu haqda “Baza” xabar berdi.
“Yandeks”da ushbu mavzu bo‘yicha eng mashhur so‘rov faqat ikkita so‘z bo‘lib chiqdi: "Prigojin tirik". Foydalanuvchilar halokatdan keyin bu haqda 580 ming marta ma’lumot izlashgan. Qolgan so‘rovlarda ham aniqroq narsani topishga harakat qilingan va qidiruv tizimiga quyidagi so‘rovlar kiritilgan: "Prigojin tirik yoki o‘lik" (16 ming marta), "Prigojin samolyotda bo‘lgan" (8,9 ming marta), "Prigojin tirik va hozir"(6,7 ming marta).
Eng optimistik foydalanuvchilar “Vagner” rahbari nomigagina o‘lib, Afrikaga ko‘chib o‘tgan, deb taxmin qilmoqda. Shunday qilib, ular "Prigojin Malida yashayapti" (6 ming) so‘rovini berishdi va ba’zilari, ehtimol, “Vagnerchilar” rahbaridan yangi ovozli xabarlarni kutishgan va "Prigojin aloqada bo‘lgan" deb 14,4 ming marta “poisk” bergan.
Ruslarning yana bir qismi yangiliklar oqimidan sarosimaga tushib, ular kim o‘lganini yanada ochiqlashga uringan – "Qaysi Prigojin o‘ldi?"(705 ta).
“Vagner” rahbari vafotidan beri foydalanuvchilar uning ismini “Yandeks” qidiruv tizimiga 12,5 million marta kiritgan.
Akobir Sayidov
LiveBarchasi