Prezident Mirziyoyev 9 sentyabr kuni O‘zLiDeP qurultoyida ishtirok etadi
Jamiyat
−
06 Sentabr 2021
3790O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining yangi haftadagi ish grafigi haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, bugun, 6 sentyabr kuni farmatsevtika sanoatida va Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, hafta davomida strategik sohalardagi investitsiya loyihalari taqdimoti, “1 million dasturchi” loyihasining ijrosi, Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablar faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, davlat rahbari Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari bilan uchrashishi ham mo‘ljallanmoqda.
9 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi qurultoyida ishtirok etadi.
LiveBarchasi