Prezidentning Parijdagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik to‘g‘risida qarori qabul qilindi

Jamiyat

image

2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash dasturi hamda maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi qarorida aytib o‘tilgan.

Maqsadli ko‘rsatkichlar quyidagilarni nazarda tutadi:

Olimpiya o‘yinlari bo‘yicha 244 ta dasturda ishtirok etish hamda 26 ta sport turi bo‘yicha 103 ta litsenziyani, shu jumladan 8 ta istiqbolli olimpiya sport turlari bo‘yicha (badminton, stol tennisi, qoyani zabt etish, suv polosi, sinxron suzish, suvga sakrash, ot sporti, triatlon) 31 ta dasturda ishtirok etish va litsenziyalarni qo‘lga kiritish;

Paralimpiya o‘yinlari bo‘yicha 476 ta dasturda ishtirok etish hamda 12 ta sport turi, shu jumladan bochcha, parastol tennisi, parakamondan otish, paravelosport bo‘yicha jami 105 ta litsenziyani qo‘lga kiritish.

2022/2023 o‘quv yilidan olimpiya zaxiralari sportchilarini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalarida ayollar uchun qabul kvotalari oshiriladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Tokio shahrida o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarida 3 ta oltin va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 32-o‘rinni egalladi. Paralimpiya o‘yinlarida esa O‘zbekiston 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 21-o‘rinni band qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing