Prezidentning ayrim vakolatlari parlamentga o‘tkazilyapti
Jamiyat
−
09 mart 2023
9926Prezidentning ayrim vakolatlari parlamentga o‘tkazilmoqda. Parlamentning nazorat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarini lavozimga qo‘yish borasidagi funksiyalari kuchaytirilmoqda. Bu haqda bugun, 9 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida deputat Jahongir Shirinov so‘z ochdi.
Jumladan, yangilayotan Konstitutsiyada Bosh prokuror, Hisob palatasi rahbarligiga nomzodlar avval Senatda ko‘rib chiqilib, keyin Prezident tomonidan tayinlanishi, shuningdek Monopoliyaga qarshi organ va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbarlari Senat tomonidan saylanishi amaliyotini joriy etish taklif etilmoqda.
Shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati rahbarligiga nomzod avval Senat bilan maslahatlashilgandan keyin Prezident tomonidan tayinlanishi tartibi joriy etilmoqda.
Shuningdek, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida Sudyalar oliy kengashining barcha a’zolarini Senat tomonidan saylash tizimini kiritish taklifi kiritilmoqda.
Yalpi majlisda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida”gi qaror qabul qilinishi kutilmoqda.
LiveBarchasi