Prezidentni YouTube va Facebook’da haqoratlagan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi
Jamiyat
−
19 aprel 2021
19384Jizzaxda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni ijtimoiy tarmoqlarda haqorat qilgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 1969 yilda Baxmal tumanida tug‘ilgan fuqaro V.K. YouTube va Facebook tarmoqlarida “V.K” (nomi qisqartirilgan) profillar ochib, ushbu profillari orqali turli mavzularda internet tarmoqlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishlar qilib, o‘z chiqishlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka noto‘g‘ri talqin qilgan.
Shuningdek, u Prezidentni internet tarmoqlari orqali haqoratlab, davlat rahbarini obro‘siga putr yetkazish va kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatib, tuhmat qilib kelayotganligi holati aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan DXX Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 158-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi