Prezidentlikka nomzodlar oilasi bilan saylovda ishtirok etdi (foto)

Jamiyat

Bugun, 24 oktyabr kuni O‘zbekistonda Prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu jarayonga tongi soat 8:00 da start berilgan va kechki soat 20:00 gacha davom etadi. 

O‘z navbatida, prezidentlikka nomzodlar ham saylovda ishtirok etib, o‘zlari munosib deb topgan nomzodga ovoz berdi. Jumladan, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan prezidentlikka ko‘rsatilgan Alisher Qodirov turmush o‘rtog‘i bilan Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi 116-saylov uchastkasida ovoz berdi.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov ham saylovda o‘z ovozini berdi. U oilasi bilan Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi 132-maktabda tashkil etilgan saylov uchastkasiga tashrif buyurdi.

Ekologiya partiyasidan prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov ham saylovda o‘z ovozini berdi. U oilasi bilan Toshkent shahrining Yangi Hayot tumanidagi 539-saylov uchastkasiga tashrif buyurdi.

Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumani Alisher Navoiy mahallasidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berish jarayonida ishtirok etdi. Mirziyoyevning 9 nafar oila a’zosi ham saylov uchastkasida bo‘ldi, saylov huquqi egalar ovoz berdi.

Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova ham saylovda ovozini berdi. U poytaxtning Uchtepa tumanidagi 116-maktabda tashkil etilgan saylov uchastkasiga tashrif buyurdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

378

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing