Prezidentlardan biri koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasi bilan emlandi
Olam
−
06 mart 2021
4149Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro Rossiyaning “Sputnik V” koronavirusga qarshi vaksinasi bilan emlandi. U bu haqda bugun, 6 mart kuni o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozgan.
“Celia Flores (rafiqasi – tahr.) va men “Sputnik V”ning birinchi dozalarini oldik”, deb yozadi u. Mamlakatdagi tibbiyot xodimlarining aksariyati ushbu vaksina bilan emlanganligi ko‘rsatilgan.
Joriy yilning fevral oyida Venesuela Prezidenti Rossiya koronavirusga qarshi vaksinani dunyodagi eng xavfsiz, deb atagandi. Keyinchalik, 17 fevral kuni Maduro rafiqasi bilan birga “Sputnik V” vaksinasi bilan emlashni va’da qilgandi.
LiveBarchasi