Prezidentlar rafiqalari bilan nonushta qildilar

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi – mamlakat birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva bilan Turkiyada bo‘lib turibdi. 

Kecha, 19 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan yakkama-yakka uchrashuv o‘tkazdi. So‘ng Oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbarlari muloqotlar ortidan qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Bugun, 20 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva va Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an rafiqasi Emina Erdo‘g‘an birgalikda nonushta qildilar. QALAMPIR.UZ manbasining xabar qilishicha nonushta Davlat mehmonlar uyida bo‘lib o‘tgan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 fevral kuni ikki taraflama o‘tgan muzokaralardan so‘ng Turkiya Respublikasi Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an va uning rafiqasi Emina Erdo‘g‘an nomidan Prezident Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva sharafiga kechki oqvat dasturxoni yozildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

273

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing