Prezidentlar muzeyga bordi (video)
Jamiyat
−
26 dekabr 2023
12960Bugun, 26 dekabr kuni tushdan keyin Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari Sankt-Peterburgdagi Pavlovsk muzey-qo‘riqxonasiga bordi. U yerda davlatlari rahbarlarining an’anaviy norasmiy uchrashuvi boshlandi.
Uchrashuv ishtirokchilariga Pavlovsk saroyi bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Bundan tashqari, norasmiy uchrashuv davomida yetakchilar tashrif buyuradigan joylar qatorida Sarskoye Selo, Petergof va Konstantinovskiy saroyi ham bor.
Tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Prezidentlari ishtirok etmoqda. Bildirilishicha, Rossiya yetakchisi mavqedoshlarini muzokaralar stolida emas, balki Shimoliy poytaxtdagi saroy va bog‘ majmualari bo‘ylab sayohat chog‘ida muloqotni boshlashga taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ular Pavlovskiy stansiyasida bo‘lgani edi.
LiveBarchasi