Prezidentga yangi Matbuot kotibi tayinlandi. Allamjonov safdoshi bittaga ortganidan xursand
Jamiyat
−
24 mart 2021
6914O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Matbuot -kotibi tayinlandi. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonovning ma’lum qilishicha, bugungacha Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Sherzod Asadov Prezident Administratsiyasi raisi o‘rinbosari – Prezident Matbuot kotibi lavozimiga tayinlangan.
“Sherzod Asadovni tajribali, halqaro tashkilotlar talablarini yaxshi tushunadigan yetuk kadrlardan biri deb hisoblayman. O‘z vaqtida uning bevosita yordamida biz YeXHT va ko‘plab yevropa mamlakatlarining so‘z erkinligi bilan bog‘liq tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, ko‘plab loyihalarni amalga oshirgan edik. O‘ylaymanki, ushbu tayinlov faqat yaxshilikga xizmat qiladi.
Yuqorida so‘z erkinligi va ochiqlikning davlat va jamiyat, shuningdek xalqaro miqyosdagi rolini tushunadigan yana bitta saviyali odam paydo bo‘ldi va bu bilan barcha matbuot xodimlarini samimiy tabriklayman. Bizning safimiz yana bitta odamga ko‘paydi. Sherzod Asadovga oson bo‘lmagan, masuliyatli va shu bilan sharafli vazifa bilan qutlab, unga omad tilab qolaman”, deb yozadi Prezidentning sobiq Matbuot kotibi Allamjonov.
Eslatib o‘tamiz, Asadov 2020 yilning mart oyida Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan edi.
Allamjonov esa 2017 yilning 1 dekabridan 2018 yilning 3 oktyabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritgan edi.
LiveBarchasi