Prezidentga ko‘rsatilgan issiqxonalar xarobaga aylangani aytilmoqda. Holatga izoh berildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda 2020 yil Namangan viloyati qurilgan, Prezident Shavkat Mirziyoyevga namoyish qilingan issiqxonalar qarovsiz qolgani, u yerda hech qanday ekin ekilmasdan, issiqxonalar buzilib ketgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. “Golden nuts Namangan” tomorqa xizmati direktori Ahmadxon Egamberdiyev ushbu videolar va issiqxonalardagi holat bo‘yicha izoh berdi.

Uning ta’kidlashicha, 31 may va 2 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan kuchli shamol oqibatida issiqxonalarning 30-35 foiz qismiga zarar yetgan va hozirda shamol oqibatlari bartaraf etilmoqda.

“Ichkarini aylanib chiqsangiz, hech bo‘lmasa, 500 nafar odam bor. Ular har kuni keladi, ish bilan band. Ishchilarga bepul avtobus qilib berilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar asossiz. Ko‘zlari bilan kelib ko‘rishsa bo‘ladi”, deydi u.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu issiqxonalardan joriy yilning o‘tgan davrida 1,5 million dollarlik mahsulot eksport qilingan, yil oxiriga qadar bu ko‘rsatkich 5 million dollarga yetkazilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi vaqtida Chortoq tumanida joylashgan adirlikdagi bir necha gektar yerga yuqorida ta’kidlangan issiqxonalar majmuasini qurish, uni kam ta’minglangan oilalarga bo‘lib berish bo‘yicha ko‘rsatma bergandi. Oradan bir yil o‘tib, bu yerlarda 800 ta issiqxona qurib bitkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

432

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing