Prezidentdan talabagacha. Yilning eng nufuzli ayollari reytingi tuzildi

Olam

image

“Financial Times” xalqaro ishbilarmonlik gazetasi 2021 yilning eng nufuzli ayollari reytingini tuzdi. Ro‘yxatdan 25 nafar ayolning ismi o‘rin olgan. Ular orasida Tayvan Prezidenti, Xalqaro valyuta fondi bosh iqtisodchisi, AQSH Vakillar palatasi spikeri va afg‘onistonlik talaba ham bor.

Qayd etilishicha, mazkur ro‘yxat taniqli siyosatchi, jamoat arbobi, sportchi, jurnalist-u dizayner va boshqa faollar tomonidan tuzilgan.

•  Ngozi Okonjo-Iveala – Jahon savdo tashkiloti bosh direktori

•  Lina Xan – Federal savdo qo‘mitasi rahbari

•  Meri Barra – “ General Motors” rahbari va bosh direktori

•  Gita Gopinat – Xalqaro valyuta fondi bosh iqtisodchisi

•  Luiza Trajanu – braziliyalik tadbirkor va filantrop

•  Nensi Pelosi – AQSH Vakillar palatasi spikeri

•  Maryam Al-Maxdi – Sudan Tashqi ishlar vaziri

•  Keyt Bingem – Buyuk Britaniyaning vaksinalar bo‘yicha ishchi guruhi sobiq bosh rahbari

•  Ketrin Vud – “ Ark Investment Management” asoschisi va bosh direktori

•  Rozalind Bryuer – “ Walgreens Boots Alliance” bosh direktori

•  Say Inven – Tayvan Prezidenti

•  Frensis Xogen – ma’lumotlar tadqiqotchisi, informator

•  Naomi Osaka – tennischi

•  Elisa Lonkon — Chili konstitutsion konvensiyasi prezidenti

•  Agnes Chou — demokratiya faoli

•  Cheyni, Elizabet — AQSH vakillar palatasi kongressmeni

•  Vanessa Nakate — huquqshunos

•  Sotouda Forotan – afg‘onistonlik talaba

•  Svetlana Georgiyevna Tixanovskaya – Belarus muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi

•  Xloya Chjao – rejissyor

•  Salli Runi – yozuvchi

•  Shonda Rayms – prodyuser va ssenariynavis

•  Skarlett Yoxansson – aktrisa

•  Paula Regu – rassom

•  Gabriela Xerst – “ Chloé ” kompaniyasi ijodiy direktori.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

552

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing