Prezident Jismoniy tarbiya va sport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Jismoniy tarbiya va sport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Qaror bilan Avazjon Qudratillayevich Karimov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.

Avaz Qudratillayevich Karimov – 1983 yil 19 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2006 yilda O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi raisining o‘rinbosari sifatida boshlagan. 2007-2011 yillarda O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi raisi, 2011 yildan O‘zbekiston badminton federatsiyasi raisining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2014-2015 yillarda Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori o‘rinbosari, so‘ngra ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport Davlat qo‘mitasi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 2017-2019 yillarda Chirchiq olimpiya zaxiralari maktab-internati direktori, 2019 yil 6 sentyabrdan hozirga qadar Respublika olimpiya zaxiralari kolleji lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Avaz Karimov

Baholaganlar

126

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar