Prezident yig‘ilish o‘tkazyapti. Yoshlar bilan ishlashning asosiy ikki yo‘nalishi belgilandi

Jamiyat

image

Bugun, 27 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti. 

Yig‘ilishda ishtirok etayotgan QALAMPIR.UZ muxbirining xabar berishicha, hozirgi kunda respublikada 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 18 milliondan oshdi. Bu – mamlakat aholisining qariyb 55 foizini tashkil etadi.

“Joriy yilni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qildik. Biz yoshlar bilan yangicha ishlash tizimini yaratishga qaror qilgan ekanmiz, uni ikkita muhim yo‘nalishda tashkil qilishimiz lozim”, degan Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Birinchidan, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘qitish orqali ularning bandligini ta’minlash, ikkinchisidan, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish kerak.

“Bugungi kunga qadar Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlari va poytaxtimizda 50 mingga yaqin yoshlar bilan muloqotlar o‘tkazildi. Bildirilgan taklif va istaklar asosida, tuman va shaharlar kesimida “Yoshlar dasturlari” tasdiqlandi”, degan Shavkat Mirziyoyev.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

194

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing