Prezident yordamchisi boshqa ishga o‘tkazildi

Jamiyat

image

Aziz Yo‘ldoshevich Mag‘rupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Bekzod Mardonovich Mavlonov esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Prezident Administratsiyasi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritilgandi hamda Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tashkil qilingandi. Qolaversa, Prezidentining farmoni bilan Saida Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Ismoilovich Allamjonov esa Prezident Administratsiyasi rahbarining jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchisi etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Aziz Yo'ldoshevich Magrupov Bekzod Mardonovich Mavlonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar