Prezident yangi qonunni imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 14 oktyabr kuni yangi Qonunni imzoladi. Ushbu Qonun O‘zbekistonning Madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shilishini ifoda etadi. 

Qonun joriy yilning 30 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan

Joriy yilning 11 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan ma’qullangan. 

Qonun bilan Madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi Konvensiya (Parij, 2005 yil 20 oktyabr) ratifikatsiya qilinmoqda. 

Konvensiya 145 ta mamlakat, shu jumladan, Fransiya, Germaniya, Xitoy, Kanada, Koreya, Turkiya, Misr, Ozarbayjon, Belarus, Tojikiston kabi davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Mazkur Konvensiyaning asosiy maqsadi madaniy o‘zini ifodalashning turli xil shakllarini himoya qilish va rag‘batlantirish, ushbu sohada xalqaro hamkorlik hamda hamfikrlikni mustahkamlash asosida turli madaniyatlarning erkin hamkorligi uchun shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.

Konvensiyaga ko‘ra, ishtirokchi davlatlar barcha ijtimoiy guruhlarning, shu jumladan, ozchilik va tub xalqlarga mansub shaxslarning o‘ziga xos shartlariga , ehtiyojlariga e’tibor qaratgan holda, madaniy o‘zini ifodalash shakllarini yaratish, tarqatish va taqsimlashda alohida shaxslar hamda ijtimoiy guruhlarga yordam beradigan muhit yaratishga intiladi. Har to‘rt yilda YUNESKOga madaniy o‘zini ifodalash shakllarini xilma-xilligini himoya qilish va rag‘batlantirish uchun qabul qilingan chora-tadbirlar to‘g‘risida tegishli axborot taqdim etadi. Ta’lim sohasidagi dasturlar, jamoatchilik xabardorligini oshirish, ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash orqali madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish hamda qo‘llab-quvvatlashga  ko‘maklashadi.

Shuningdek, Konvensiyada belgilangan qoidalarni amalga oshirish uchun a’zo mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. Shu maqsadda Konvensiyaga muvofiq Madaniy xilma-xillik xalqaro jamg‘armasi tuzilgan.

2010 yildan boshlab mazkur jamg‘arma 57 ta mamlakatda 105 ta loyihani moliyalashtirishga ko‘maklashgan. 2018 yil dekabrda 13 ta mamlakatdagi madaniyat va ijod sohasidagi 8 ta loyihani moliyalashtirish ma’qullangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing