Prezident o‘zi bilan bir kunda tug‘ilganlarni tavallud ayyomiga taklif qildi 

Olam

image

Shveysariya Prezidenti Simonetta Sommaruga o‘z fuqarolariga ajoyib taklif bilan chiqdi. U o‘zining 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan o‘tadigan marosimga u bilan bir kunda tug‘ilgan barcha fuqarolarni taklif etgan. Bu haqida “The Local” nashri xabar bermoqda.  

Tantanada ishtirok etish uchun prezidentning veb-saytidan ro‘yxatdan o‘tish va pasport nusxasini taqdim qilish kerak bo‘ladi.

Sommaruga o‘z yubileyini 14 may kuni, Berndan uncha uzoq bo‘lmagan joyda nishonlaydi.  

Nashr bergan ma’lumotlarga ko‘ra, davlat rahbari bilan bir kunda 260 nafar atrofida shveysariyalik tavallud topgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

257

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made