Prezident o‘tkazayotgan yig‘ilishda uch tuman hokimi “uchdi”

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi hamda xizmatlar sohasini rivojlantirishga doir kelgusi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida uch tuman hokimi lavozimidan ozod etildi. 

Yig‘ilishda hududlarda tadbirkorlarni yer masalasi ko‘p qiynayotgani, bu borada ko‘plab murojaatlar bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilishda joylarda infratuzilmani yaxshilash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Rivojlanishdan orqada qolayotgan 22 ta tuman uchun investitsiya dasturi doirasida 264 milliard so‘m, boshqa hududlar uchun qo‘shimcha 736 milliard so‘m yo‘naltirilishi qayd etildi.

Ish o‘rinlari tashkil etish, tadbirkorlar muammolarini hal qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘zibo‘larchilikka yo‘l qo‘ygan Buxoro, Jondor va Sirdaryo tuman hokimlarini lavozimidan ozod etish masalasi muhokama qilindi. 

Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hokimlarning hisobotini mahalliy kengashlarda muhokama qilib, faoliyatiga baho berish, shuningdek, 2021 yil uchun aniq rejalarni belgilash muhimligi ta’kidlandi.  

Yig‘ilishda joylarda infratuzilmani yaxshilash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Rivojlanishdan orqada qolayotgan 22 ta tuman uchun investitsiya dasturi doirasida 264 milliard so‘m, boshqa hududlar uchun qo‘shimcha 736 milliard so‘m yo‘naltirilishi qayd etildi.

Ish o‘rinlari tashkil etish, tadbirkorlar muammolarini hal qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘zibo‘larchilikka yo‘l qo‘ygan Buxoro, Jondor va Sirdaryo tuman hokimlarini lavozimidan ozod etish masalasi qo‘yildi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hokimlarning hisobotini mahalliy kengashlarda muhokama qilib, faoliyatiga baho berish, shuningdek, 2021 yil uchun aniq rejalarni belgilash muhimligi ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

816

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing