Prezident o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb etilganini qoraladi

Jamiyat

image

Bugun, 29 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar bilan o‘tayotgan norasmiy muloqoti davomida maktab o‘quvchilari va majburiy mehnat haqida to‘xtalib o‘tdi.

Prezident maktab o‘quvchilarini majburiy mehnatga jalb etishni taqiqlashga qaratilgan qarorni qabul qilish oson bo‘lmaganini ta’kidladi. 

“Bolalarimiz 7-sinfdan chiqardi paxtaga. Tasavvur qiling, yosh-yosh qizlarimiz 20-25 kilo yukni har kuni ko‘tarishga majbur edi. Shu tufayli qancha kasalliklar orttirib olinardi, ba’zi holatlarda uni davolashga ham imkoniyat bo‘lmasdi. Vaholanki, ularning qanchadan-qancha orzulari bor edi, ular farzand ko‘rishi kerak edi. Endi u kunlarga qaytmaymiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Sohiba Komilovna 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing