Prezident Toshkentdagi yangi texnopark maydonida bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 18 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Yangihayot tumanida “Yangihayot” industrial texnoparki quriladigan maydonni borib ko‘rdi.

Bu majmua uchun 210 gektar maydon ajratilgan. Shundan 150 gektari ikki bosqichda auksion savdolariga chiqariladi. Tadbirkorlar sotib olingan yerning mulkdori bo‘ladi va korxonalarni o‘zlari quradi.

“Toshkentda yer tanqis, kelgusida bunday maydonlar topilmaydi. Har bir qarich yerdan unumli foydalanish kerak. Shuning uchun korxonalar ko‘p qavatli qilib qurilgani ma’qul”, degan Prezident.  

Bu yerda joylashtiriladigan korxonalarda 20 ming ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan. Umuman olganda, texnopark ishlab chiqarishni kengaytirish, sanoat tarmoqlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shu asosda aholini ish bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Shu yerda Yangihayot tumanidagi korxonalar mahsulotlari ham namoyish etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

154

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing