Prezident topshiriqlari ijrosi maxsus tizim orqali nazorat qilinadi

Jamiyat

image

“Qonun hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, barcha davlat tashkilotlarida ijroni nazorat qilish faqat “Ijro.gov.uz” tizimida amalga oshiriladi.

Farmonga bilan Adliya vazirligi tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari tashkil etildi.

2021 yil 1 apreldan respublika darajasidagi barcha davlat organlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ijro intizomiga mas’ul bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalari majburiy tartibda Prezident Administratsiyasining Ijro intizomini ta’minlash sho‘’basi bilan kelishiladi.

2021 yil 1 maydan barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida ijroni nazorat qilish, nazorat kartotekalarini yuritish va hisobotlarni shakllantirish faqat “Ijro.gov.uz” tizimida amalga oshiriladi, bunda boshqa har qanday nazorat dasturlari, hisobotlari va bazalarini yuritish amaliyoti bekor qilinadi.

Qonun hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha yillik manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlar dasturi Adliya vazirligi tomonidan Hisob palatasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar takliflari asosida ishlab chiqiladi va Prezident Administratsiyasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing