Prezident topshirig‘i: abgor mahallalarning yo‘li tuzatilib, suv bilan ta’minlanadi
Jamiyat
−
15 yanvar 2022
6114O‘zbekistonda aholini kambag‘allikdan chiqarish uchun 10 trln so‘m imtiyozli mablag‘ va 2,5 trillion so‘m subsidiya ajratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.
Prezidentga ko‘ra, endi hokim yordamchilari, eng avvalo, ishlash imkoniyati va xohishi bor, lekin sharoiti og‘ir oilalarni o‘qitish va o‘z ishini boshlashi uchun imtiyozli kredit, subsidiya yoki dehqon xo‘jaligi uchun ularga yer maydonlari ajratish masalalari bilan shug‘ullanadi.
Hokim yordamchilari aholi bilan har kuni ishlab, odamlarga davlat tomonidan yaratilgan moliyaviy imkoniyatlarni yetkazishi, tadbirkorlikka va dehqonchilikka o‘rgatish orqali ularni kambag‘allikdan chiqarishi lozim.
Bu maqsadlar uchun joriy yilda 10 trillion so‘m imtiyozli kredit va 2,5 trillion so‘m subsidiya (har bir mahallaga o‘rtacha 1,3 milliard so‘m) ajratiladi.
Bundan tashqari yig‘ilishda Prezident aholi murojaatlari orqali joylardagi vaziyatni o‘rganib, mahallalar qiyofasi va ijtimoiy muhitini yaxshilash vazifasini ham qo‘ydi.
Bu ishlarni, avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli nisbatan og‘ir bo‘lgan mahallalardan boshlash kerakligi, ulardagi yo‘llarni shag‘allashtirish, simyog‘ochlarni almashtirish, ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va ta’mirlash lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shuningdek, ushbu hududlarda ijtimoiy muhit, bog‘cha, maktab, shifoxona sharoitlarini yaxshilash, bir so‘z bilan aytganda, odamlarni rozi qilishga ustuvor ahamiyat berish muhimligi qayd etildi.
LiveBarchasi