Prezident tashrifidan so‘ng bolalar maydonchasidan konstruksiyalar olib tashlandi. Nima uchun?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Shavkat Mirziyoyevning 28 iyul kuni Toshkent shahridagi 21-sonli Mehribonlik uyiga tashrifi arafasida bolalar maydonchasi uchun o‘rnatilgan konstruksiyalar tashrifdan keyin olib ketilayotgani aytilgan videolavha keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati izoh berdi.

Unga ko‘ra, Yunusobod tumanida joylashgan “Matonat” mahallasi hududida “Obod mahalla” dasturi amal qilmoqda. Shu sababli bolalar maydonchasidagi eski konstruksiyalarni zamonaviy, xavfsiz turlariga almashtirish maqsadida olib tashlanmoqda. Eski uchta konstruksiyalar o‘rniga yettita yangisini o‘rnatish, shuningdek shiyponcha va bolalar uchun qumdon tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Xabarga ko‘ra, ushbu mahallada jami uchta bolalar maydonchalarini ta’mirlash ko‘zda tutilgan. Kecha, 3 avgust kuni dasturi ijrosi doirasida “Matonat” mahallasida 80 nafar ishchilar bo‘lishgan, bugun esa jarayonni tezlashtirish maqsadida ishchilar soni 200 taga yetkaziladi.

Ma’lum qilinishicha, bolalar maydonchasidagi o‘zgarishlar Prezidentning mazkur hududga yaqindagi tashrifi bilan bog‘liqligi haqidagi ma’lumot ham ishonchsizdir. Aslida davlat rahbarining yo‘nalishida ushbu hudud bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing