Prezident Surxondaryoga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
01 iyun 2021 8527 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ikki kunlik amaliy tashrif davomida energetika, agrosanoat, savdo va qishloq xo‘jaligi loyihalari salohiyati bilan tanishish, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.
Anorchilik va ipakchilik viloyat iqtisodiyotining “drayveri”ga aylanib bormoqda. Safar dasturida ushbu tarmoqlar rivojiga alohida ahamiyat qaratilgan.
Live
Barchasi