Prezident sovuq kunlarda qilinishi kerak bo‘lgan asosiy ishlarni sanadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev viloyat, shahar va tuman hokimlariga anomal sovuq kunlarda yo‘llarni tozalash ishlarini tashkil etish, transport vositalarining xavfsiz harakatini ta’minlashni buyurdi. Bu haqda davlat rahbari ayni vaqtda o‘tayotgan sanoatda ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’atlarini ta’minlash, mavjud imkoniyatlar va yangi zaxiralarni safarbar etish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi avvalida so‘z ochgan. 

Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, asosiy masalaga o‘tishdan avval davlat rahbari mamlakatga kirib kelgan sovuq havo ta’sirini betalafot o‘tkazish choralariga to‘xtalib o‘tgan.

Barcha tuman va hududlarda tashkil etilgan shtablar uzluksiz ishlashi kerakligi, aholi ehtiyojlari tezkor hal etib borilishi shartligi ta’kidlangan.

Ijtimoiy soha ob’ektlarini energiya va issiqlik bilan ta’minlashni alohida nazoratga olish zarurligi qayd etilgan.

Barcha darajadagi hokimlarga tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda yo‘llarni tozalash ishlarini tashkil etish, transport vositalarining xavfsiz harakatini ta’minlash topshirilgan.

Barcha serqatnov yo‘nalishlarda jamoat transportining uzluksiz harakati ta’minlanishi kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan. 

Vazirlar Mahkamasi rahbariyati oldiga har bir viloyat, tuman va shahardagi ahvol bo‘yicha kunlik nazorat o‘rnatib, joylardagi muammolarni tezkor bartaraf etish vazifasi qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing