Prezident sotuvga qo‘yilgan yerlarning 50 foizini 1 iyulgacha sotishni buyurdi

Jamiyat

image

2022 yil 1 mayga qadar savdoga chiqarilishi nazarda tutilgan 50 mingta (4,5 ming gektar) yer uchastkalarining 50 foizi joriy yilning 1 iyuliga qadar sotili kerak. Bu bo‘yicha Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 31 mart kuni bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida mas’ullarga vazifa yukladi. 

Hudud va tarmoqlar rahbarlariga 2022 yil 1 apreldan boshlab davlat dasturlaridan tashqari byudjetdan ssuda berish va banklarga depozit qo‘yishni to‘xtatishga topshiriq berildi.

Har bir tarmoq va hudud rahbari bugundanoq aniq hisob-kitob qilib, uch kun muddatda o‘z rejalarini ishlab chiqishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, Soliq va Bojxona qo‘mitalariga tushumlarni ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. 

Bundan tashqari, o‘tgan haftada 1,5 mingdan ziyod davlat mulkini savdoga chiqarish bo‘yicha imzolangan Prezident qarori ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq vazifalar belgilab berildi.

Masalan, 2022 yil 1 mayga qadar 50 mingta (4,5 ming gektar) yer uchastkalarini savdoga chiqarish nazarda tutilgan. Biroq, Samarqandda hozirgi kungacha bor-yo‘g‘i 6 ta yer uchastkasi elektron savdolarga qo‘yilgan. Qolgan hududlarda esa bironta yer uchastkasi savdoga chiqarilmagan. 

Yig‘ilishda ikki hafta muddatda ushbu yerlarni to‘liq auksionga chiqarib, 1 iyulga qadar ularning kamida 50 foizi sotilishini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

233

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing