Prezident Shon-sharaf muzeyidagi yangi ekspozitsiya bilan tanishdi

Jamiyat

image

Bugun, 9 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shon-sharaf muzeyiga tashrif buyurib, u yerdagi yangi ekspozitsiya bilan tanishdi.

Muzeyda 12 ming 500 dan ziyod eksponat to‘plangan bo‘lib, ularning soni tobora ortib bormoqda. Tarixiy fakt va voqealar zamonaviy texnologiyalar, interaktiv usullar yordamida aks ettirilgan. 

Davlat rahbarining avvalgi tashrif chog‘idagi ko‘rsatmalari asosida ekspozitsiyalar yanada boyitilgan. Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar uchun alohida bo‘limlar tashkil etilgan.

“Bu yer xalq muzeyi bo‘lishi kerak. Urushda qatnashgan yoki yetim bolalarni boqib olgan insonlarning avlodlari bilan bog‘lanib, bobolarining jasoratini yuzaga chiqarish zarur. Hali o‘rganilmagan juda ko‘p manbalar bor. Yurtimizdagi har bir qishloq, mahalla, maktab, umuman, jamoatchilik ularni to‘plash va targ‘ib etishda faollik ko‘rsatishi kerak. Bu urush dahshatini anglash, tarixdan saboq chiqarish uchun muhim. Muzey bunda asos, tarix bilan bugungi kun o‘rtasida ko‘prik bo‘lishi kerak”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarning elektron bazasini yaratish, kitoblar chop etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining oxirida Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu O‘zbekistonga Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston xalqining fashizmni yengishdagi hissasi haqidagi arxiv hujjatlarini olib kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

58

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing